BUYUK BRITANIYANING KONSALTING AGENTLIGI VAKILLARI BILAN MILLIY BRENDNI RIVOJLANTIRISH BO'YICHA UCHRASHUV BO'LIB O'TDI
19.12.2017 | Ko`rilgan: 735

Shu yilning 19-dekabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” Markazida “Milliy brend shakllanishida san'atning ahamiyati” mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda «Jane Wentworth Associates LTD» deb nomlangan Buyuk Britaniyaning konsalting agentligi rahbari Djoanna Marsh, art-menedjment bo'yicha etakchi mutaxassis Matilda Pay hamda Britaniya Kengashi, O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi va “Taraqqiyot strategiyasi” Markazi vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv ishtirokchilari milliy brendni shakllanishida va davlat imidjini kuchaytirishda Britaniyaning san'at sohasidagi tajribasi bilan tanishdilar.

Ushbu uchrashuv Britaniya Kengashi hamda O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi hamkorlik tashabbuslari natijasida tashkil etildi. Undan ko'zlagan maqsad - O'zbekistonning boy madaniy merosiga asoslanib, hozirgi kunda milliy brendni shaklantirishdagi asosiy tamoyillar, imkoniyatlari, infrastukturani o'rgangan holda davlat timsolini (imijini) jahon miqiyosidagi rivojlanishida madaniyat va san'at o'rnini aniqlash va bu sohada rejalarni belgilash bo'ldi.

Tadbir davomida Djo Marsh O'zbekiston boy madaniyati va san'atini jahon miqiyosida yuqori baho berdi:

- “Biz Toshkentkentga kelib, san'at va madaniyat sohasida hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ochayotganimizdan mamnunmiz. Zero, Buyuk Britaniya milliy o'zlikni anglashni kuchaytirishda, ijtimoiy aloqalarda, savdo va innovatsiyalarda ijodiy sanoat katta ahamiyatga ega deb hisoblaydi.”

Tadbir mavzusi ikkkala tomonda ham katta qiziqish uyg'otdi, ishtirokchilar ushbu sohada O'zbekiston va Buyuk Britaniya o'rtasida yangi hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga kelishdilar.