“FAOL TADBIRKORLIK, INNOVATSION G’OYALAR VA TEXNOLOGIYALARNI QO’LLAB-QUVVATLASH YILI” DAVLAT DASTURINING IJROSI YUZASIDAN AXBOROT
16.04.2018 | Ko`rilgan: 538

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni asosida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamkorlikda doimiy ravishda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosining tizimli monitoringi va tahlili olib borilmoqda.

Jumladan, Davlat dasturining 2018-yilning 12-aprel holatiga ko’ra, 76 ta bandda belgilangan tadbirlar monitoring natijalari taqdim etilmoqda. Unga ko’ra, hisobot davri davomida 49 ta bandning ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar o’z vaqtida vakolatli organlarga kiritilib, hozirgi paytda ular belgilangan tartibda ko’rib chiqilmoqda.

Shuningdek, monitoring natijalariga ko’ra, Davlat dasturi ijrosi II-chorakda amalga oshirilishi belgilangan qator tadbirlar muddatdan avval to’liq bajarilgan. Davlat dasturida bajarilishi belgilangan 23 ta bandlarning ijrosi bugungi kunda davom ettirilmoqda.