HUDUDLARDA DAVLAT DASTURINING IJROSI BO‘YICHA JAMOATCHILIK MONITORINGI O‘TKAZILADI
23.07.2018 | Ko`rilgan: 506

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillaridan iborat ishchi guruh shu yilning 25-27 iyul kunlari Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlariga xizmat safarini amalga oshiradi.

Tashrif doirasida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarning hududlarda bajarilishi bo‘yicha joylarda jamoatchilik monitoringi o‘tkaziladi. Shuningdek, 2018 yil Davlat dasturi ijrosining bugungi kun holati bo'yicha uchrashuv hamda Harakatlar strategiyasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan treninglar bo‘lib o‘tadi.

Tashriflar sanasi:

25 iyul – Farg‘ona viloyati
26 iyul – Andijon viloyati 
27 iyul – Namangan viloyati