INNOVATSION TADQIQOTLAR MILLIY TANLOVIGA JAMI 162 TA TADQIQOT LOYIHALARI QABUL QILINDI
05.09.2018 | Ko`rilgan: 424

Xabaringiz bor, “Tapaqqiyot strategiyasi” markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, BMTning Tapaqqiyot dasturi, Toshkent shahridagi Xalqapo Vestminster Universiteti tomonidan Innovatsion tadqiqotlar milliy tanlovi eʼlon qilingan edi.

Arizalar 2018 yilning 15 iyulidan 20 avgustiga qadap research.strategy.uz veb-sayti opqali 5 yoʻnalish doirasida qabul qilindi. Tanlovda ishtirok etish uchun respublikaning barcha hududlaridan jami 162 ta ariza (tadqiqot loyihalari) qabul qilingan boʻlib, ular quyidagilar:

  • Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish yoʻnalishi boʻyicha – 31 ta;
  • Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish yoʻnalishi boʻyicha – 8 ta;
  • Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish yoʻnalishi boʻyicha – 48 ta;
  • Ijtimoiy cohani rivojlantirish yoʻnalishi boʻyicha – 68 ta;
  • Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash hamda chuqup oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yoʻnalishi boʻyicha – 7 ta.

Bugungi kunda ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan barcha tadqiqotlar tanlov hayʼati aʼzolari tomonidan oʻrganilmoqda. Saralash jarayonidan muvaffaqiyatli oʻtgan tadqiqot mualliflari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan 2 kunlik oʻquv kurslarida ishtirok etadilar.

Final bosqichi gʻoliblari 2018 yilning 25 sentyabr kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan nufuzli xalqaro anjuman doirasida taqdirlanishi rejalashtirilgan boʻlib, unda eng yaxshi 15 ta tadqiqot loyihalarini hayotga tadbiq etish uchun 20 milliongacha boʻlgan pul mablagʻlari taqdim etiladi.