YXHT PARLAMENT ASSAMBLEYASI DANIYA DELEGATSIYASI “TARAQQIYOT STRATEGIYASI” MARKAZIDA UCHRASHUV O’TKAZDI
27.09.2018 | Ko`rilgan: 102

Bugun, 27 sentabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) Parlament Assambleyasi raisi Peter Yuel Yensen boshchiligidagi Daniya Parlamenti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda qabul qilingan Harakatlar strategiyasining borishi haqida maʼlumot berildi. Xususan, “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, asosiy oʻzgarishlar va kelgusidagi rejalar haqida maʻlumot berildi.

Shuningdek, delegatsiya aʻzolariga “Taraqqiyot strategiyasi” markazining faoliyat yoʻnalishlari, xususan, Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishini oʻz vaqtida yoritish, amalga oshirilayotgan ishlar buyicha jamoatchilik fikrini oʻrganish, davlat organlari va aholi oʻrtasidagi ochiq muloqotni taʼminlash, Harakatlar strategiyasi doirasida qabul qilinadigan yillik davlat dasturi loyihalarini ishlab chiqish, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish uchun xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy taqdiqot, axborot-tahlil va taʼlim muassasalari bilan faol hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kabi yoʻnalishlarda amalga oshirilgan ishlar taqdimot qilindi.

Oʻz navbatida, delegatsiya aʼzolari Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni va markaz faoliyatini yuqori baxoladilar.

Tadbir yakunlariga koʻra, delegatsiya aʼzolari oʻzaro tajriba va fikr almashish maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Yevropaning yetakchi ilmiy tadqiqot institutlari va markazlari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga koʻmaklashishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.