]
YAPONIYADA HARAKATLAR STRATYEGIYASI TAQDIMOTI BO'LIB O'TDI
01.12.2017 | Ko`rilgan: 307

Shu yilning 1-dekabr kuni O'zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi, Yaponiyaning Nagoya universiteti, “Taraqqiyot strategiyasi” Markazi hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Yaponiyaning Nagoya universitetida “O'zbekistonning 2017-2021-yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasi” mavzusida konferensiya bo'lib o'tdi. Tadbir davomida bugungi kunda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan Harakatlar strategiyasining qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo'nalishi doirasida erishilgan natijalarga bag'ishlangan taqdimotlar va Yaponiyaning etakchi oliy ta'lim muassasalari professor o'qituvchilari, soha mutaxassislari va ekspertlar fikrlari tinglandi.

Konferensiyada videomuloqot orqali O'zbekiston vakillari, xususan “Taraqqiyot strategiyasi” Markazi mutaxassislari 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida” amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida erishilgan natijalarga bag'ishlangan taqdimot o'tkazadilar. Shuningdek, ishtirokchilar kelgusida o'zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga oid qo'shma loyihalarni muhokama qiladilar.

Muhokamalar natijasi ko'ra ishtirokchilar Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda qo'shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, O'zbekistonda yuz berayotgan yangilanish jarayonlarini Yaponiyaning nufuzli nashrlarida chop etib borish, Harakatlar strategiyasi doirasida qabul qilinadigan qonunlar va boshqa hujjat loyihalari bo'yicha ekspertlik muhokamalarini o'tkazish, bunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, onlayn tarzda davra suhbatlarini doimiy tarzda o'tkazishga kelishib olindi.