]
“The Korea Post”: O’zbekistonda 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar Strategiyasi qabul qilindi
23.05.2017 | Ko`rilgan: 283

“The Korea Post” nashrining elektron portalida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-yilning 7-fevralida qabul qilingan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasiga bag’ishlangan maqola chop etildi.

Maqolada o’zbekistonliklar va xalqaro hamjamiyat tomonidan mazkur hujjat katta qiziqish va hayrihohlik bilan qabul qilingani qayd etilgan. Bunga, xususan, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini qabul qilishda maxsus media maydonlar tashkil etilgani va fuqarolar, aholining turli qatlamlari va ko’plab jamoatchilik faollari o`rtasida ushbu hujjat loyihasining qizg`in baxs va munozaralari olib borilgani ta`kidlab o`tilgan.

Shuningdek, nashr tomonidan bo’lib o’tgan muloqotlar natijasida ko`plab takliflar bildirilgani va Davlat dasturi loyihasining o’nlab bandlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritilgani hamda 2017-yilning yanvar oyida Toshkent shahrida 1300dan ziyod ekspertlar, turli soha mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilot vakillari ishtirokida ham ko`plab davra suhbatlari tashkil etilgani haqida eslab o’tilgan.

Eslatib o`tamiz, shu yilning 12-19 may kunlari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori tarkibidagi delegatsiya Koreya Respublikasida bo’lishgan edi. Tashrif doirasida vakillarimiz tomonidan ko’plab uchrashuvlar va taqdimotlar o’tkazildi. Unda asosiy e'tibor 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiga qaratilgan edi.

Eslatib o’tamiz, “The Korea Post” nashri o`zining onlayn portaliga ega bo`lib, Janubiy Koreyaning mashhur jurnallardan biri hisoblanadi. Jurnal xalqaro siyosat, biznes, madaniyat va turizm mavzularini muntazam yoritib boradi. Ushbu nashr mamlakatimizdagi islohotlar, O`zbekiston va Koreya Respublikalari  o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik to`grisida ham maqolalar chop etib keladi.