«FINANCIAL TIMES» XALQARO NASHRINING MUHARRIRI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI
25.01.2018 | Ko`rilgan: 452

Bugun "Taraqqiyot strategiyasi" markazida «Financial Times» xalqaro nashrining Sharqiy Yevropa bo'limi muharriri janob Nil Bakli bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida O'zbekistonda iqtisodiyot sohasida, jumladan Harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish yo'nalishi bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumot berildi.

Shuningdek, Markaz vakillari tomonidan 2018-yil O'zbekistonda "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili" deb e'lon qilinganligi hamda ushbu Davlat dasturidan o'rin olgan xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, turizm, qishloq xo'jaligi kabi sohalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar bo'yicha fikr yuritildi.