MILLIY VA XALQARO EKSPERTLAR IJTIMOIY RIVOJLANISH SOHASIDAGI ISLOHOTLARNI AMALGA OSHIRISH MASALALARINI MUHOKAMA QILDILAR
15.02.2018 | Ko`rilgan: 642

UNICEF, vazirlik va idoralar vakillari va xalqaro ekspertlar uchrashuvida aholining zaif qatlamlarini iqtisodiy xatarlardan himoyalash va iqtisodiy o'sishdan barcha manfaatdor bo'lishi uchun O'zbekistonning ijtimoiy himoya tizimini qanday mustahkamlash mumkinligi masalalari muhokama qilindi.

UNICEF va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan tashkil etilgan "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi maqsadlariga erishishda ijtimoiy himoyaning ahamiyati" mavzusidagi “davra suhbati” joriy ijtimoiy himoya tizimining kuchli va zaif tomonlarini va ijtimoiy jihatdan eng zaif aholi qatlamlarini ijtimoiy-iqtisodiy xatarlardan himoya qilish yo'llarini muhokama qilishga bag'ishlandi. Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Moliya, Bandlik va Mehnat munosabatlari, Sog'liqni saqlash, Xalq ta'limi vazirliklari, Bosh prokuratura, Xotin-qizlar qo'mitasi va Jahon bankining yuqori darajadagi vakillari ishtirok etdilar.

“Kuchli ijtimoiy himoya tizimi aholining zaif guruhlarini himoya qilish va iqtisodiy o'sishni yanada inklyuziv qilish uchun ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davrida juda muhimdir," - dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann.

“Ijtimoiy himoya tizimi sog'lom va samarali ishi kuchini rivojlantirishda, odamlarni ish izlashlarida, tahdidlarga tik qaray olishlarida va samarali faoliyatga investitsiyalar qilishda muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, iqtisodiy inqiroz davrida iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlash va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishni rag'batlantirishga ko'mak beradi. 

“Mavjud tizimni baholash va isloh qilishda Prezident tomonidan belgilab qo'yilgan islohotlarning yakuniy maqsadi - odamlarning hayotini yaxshilash va  kam ta'minlangan aholi sonini tubdan qisqartirish zarur. Valyutani liberallashtirish nuqtai nazaridan ijtimoiy nafaqalar bo'yicha qamrovning kengaytirilishi, Hukumat tomonidan islohotlar davrida aholining eng zaif qatlamlariga qaratayotgan e'tiborini   ko'rsatmoqda.”

Janob Graumann yana ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, mikro kreditlash va bandlikni oshirish kabi qator choralar ko'magida kam ta'minlangan oilalarning sonini qisqartirish bo'yicha keng ko'lamli yondashuvlar ishlab chiqish jarayoni kuzatilayotganini ta’kidladi.

Ijtimoiy nafaqa va xizmatlarning samarali integratsiyalashuvi ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashning asosidir. Tizimda ijtimoiy xodimlar sonini ko'paytirish orqali ijtimoiy xizmat vazifasini kuchaytirishis va faoliyatni boshqarishning yondashuvini tadbiq etish, ijtimoiiy himoyalanmagan oilalarga va shaxslarga tizimli va samarali ko'mak berish imkonini beradi.

“2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasi rivojlanishining beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning keng ko'lamli dasturini o'z ichiga oladi. Islohotlar jarayonida kuchli ijtimoiy himoya tizimi aholining eng zaif qatlamlarini iqtisodiy zarbalardan himoya qilishga va iqtisodiy o'sishdan jamiyatning barcha qatlamlari manfaat ko’rishlariga qaratilgan,”- dedi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Akmal Burxanov.

So'nggi yillarda, O'zbekistondagi ijtimoiy himoya tizimida qator o’zgarishlar bo’ldi, bunda mas'uliyat turli vazirliklarga taqsimlandi. Xalqaro tajribaga asoslangan holda, ijtimoiy himoyaning umumiy strategiyasini, funksiyalarini va tarmoqlar bo'yicha muvofiqlashtirish mexanizmini mustahkamlash tizimning samaradorligi va unumdorligini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega.

UNICEF tashkiloti O'zbekiston hukumati bilan ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish, jumladan, ijtimoiy himoya tizimini baholash, kam ta'minlangan oilalarning farovonligini oshirish bo'yicha qator yondashuvlar va kompleks monitoring axborot tizimini joriy etish masalalari bo'yicha hamkorlik qilib kelmoqda.