]
Latviyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Taraqqiyot strategiyasi markazida
02.06.2017 | Ko`rilgan: 165

“Davlat xizmatlari to’g’risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining faoliyati samaradorligini oshirish” qonun loyihalari va ko’plab qiziqarli masalalar muhokamasi 2-iyun kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Latviyaning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Edgar Bondar boshchiligidagi elchixona delegatsiyasi bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda muhokama qilindi. Tashrif chog’ida markaz faoliyati va 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi bilan tanishildi.
Markaz ijrochi direktori Akmal Burxanov mehmonlarni asosiy yo’nalishlar, maqsad va vazifalar, shuningdek, rejalashtirilyotgan dastur va loyihalar bilan tanishtirdi.
Shuningdek, hamkorlik istiqbollari o’rganildi. Davlat stretrategiyasini ishlab chiiqishda Latviya tahlil markazlari tajribasini o’rganish, ularni tadbiq qilish bo’yicha muhokamalar olib borildi.
Elchi Edgar Bondars, o’z nutqida uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, mamlakatning turli sohalarida bo’lib o’tayotgan islohatlarga ijobiy baho berib o’tdi. Bu borada Latviya tomoni ikki mamlakat o’rtasidagi transport-tranzit sohasini xilma-xillashtirish, qishloq xo’jalik mahsulotlari eksporti borasida hamkorlikka tayyor ekanligini ta’kidlab o’tdi.
Uchrashuv yakunlariga ko’ra tomonlar “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi doirasida loyihaviy hamkorlik imkoniyatlarini ko’rib chiqishni kelishib olishdi.