NIL BAKLI O'ZBEKISTONGA TASHRIFI YAKUNLARI BO'YICHA MAQOLA CHOP ETDI
15.02.2018 | Ko`rilgan: 324

Kuni-kecha Britaniyaning nufuzli “Financial Times” gazetasida “O'ZBEKISTONDA ILIQLIK DAVRI BOSHLANMOQDAMI?” nomli tahliliy maqola chop etildi. Maqola 2018-yilning yanvar oyida yurtimizga tashrif buyurgan “Financial Times” gazetasining Sharqiy Yevropa bo'limi muharriri Nil Bakli tomonidan tayyorlangan.

N.Bakli O'zbekistonga tashrifi doirasida qator vazirlik va idoralar, NNT va jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv va suhbatlar o'tkazdi. Jumladan, 2018 yilning 24 yanvar kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida bo'lib, O'zbekistonda yaqin besh yillik uchun qabul qilingan Harakatlar strategiyasi va Davlat dasturlarining bajarilishi, amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish yo'nalishida ro'y berayotgan o'zgarishlar bilan yaqindan tanishgan edi

Muallif chop etilgan maqolada iqtisodiyot sohasidagi o'zgarishlar haqida to'xtalar ekan, O'zbekiston Prezidentining biznes sohasida navbatdan tashqari tekshiruvlarga ikki yillik moratoriy joriy etish to'g'risidagi tashabbusini qalamga olgan. Sarmoyadorlarga soliq imtiyozlarini taklif etadigan maxsus iqtisodiy zonalarning tashkil etilgani strategik ahamiyatga molik muhim chora-tadbirlar sifatida ta'riflanadi.

“Respublika arzon energiya etkazib berish nuqtai nazaridan o'ziga to'q bo'lishi uchun tabiiy resurslarning etarli zaxiralariga ega. Qishloq xo'jaligini diversifikatsiya qilish, oziq-ovqat, farmatsevtika zavodlarini bunyod etish, sayyohlikni rivojlantirish bo'yicha juda katta rejalar ko'zlanmoqda. O'n yillik tanaffusdan so'ng O'zbekiston Jahon savdo tashkiloti a'zoligiga kirish uchun muzokaralarni qaytadan boshladi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki esa respublikada o'z faoliyatini yana boshladi”.

Maqola bilan batafsil “Financial Times” gazetasining rasmiy veb-saytida yoki “Jahon” AAning quyidagi sahifasida tanishish mumkin:

http://www.jahonnews.uz/uz/aktualno/305/43883/