BUGUN “TARAQQIYOT STRATEGIYASI” MARKAZIDA YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI
20.02.2018 | Ko`rilgan: 476

Tadbir Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo va Rossiya bo'yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova boshchiligidagi delegatsiyaning O'zbekistonga tashrifi doirasida tashkil etildi.

Uchrashuvda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori A.Burxanov mehmonlarga markaz faoliyati, O'zbekistonda Harakatlar strategiyasi doirasida davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq, iqtisodiyot, ijtimoiy sohalarda, shuningdek xalqaro hamkorlik yo'nalishlarida olib borilayotgan islohotlar haqida ma'lumot berdi. Jumladan, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” Davlat dasturidan joy olgan bir qator tadbirlarning maqsad va vazifalari, ularning amalga oshirish mexanizmlari batafsil tushuntirildi.

Delegatsiya a'zolari O'zbekistonning o'z oldiga qo'ygan maqsadlari, olib borilayotgan siyosat hamda ro'y berayotgan o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlashini bildirdilar. Xususan, Natalya Xanjenkova O'zbekistonni har tomonlama rivojlantirish loyihalarini yuqori baholab, Prezident Shavkat Mirziyoev tanlagan jadal taraqqiyotga qaratilgan siyosat mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qilayotganini ta'kidladi.