]
“Hududiy muloqot” XNNT bilan uchrashuv
03.06.2017 | Ko`rilgan: 195

2017-yilning 2-iyun kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida O‘zbekistondagi “Hududiy muloqot” Xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti direktori Myusha Sever bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv “Hududiy muloqot” XNNT tashabbusiga ko‘ra, Harakatlar strategiyasi doirasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir davomida tomonlar xalqaro yetakchi institutlar va ta'lim muassasalarining ekspertlarini jalb qilish, hamkorlikda seminarlar o‘tkazish bo‘yicha qator masalalarni muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida, XNNT va TSM o‘rtasida O‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolash imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib olindi.