HARAKATLAR STRATEGIYASI XONASIDA “2017-YIL – SHIDDATLI ISLOHOTLAR YILI” KITOBI TAQDIMOTI BO'LIB O'TDI
01.03.2018 | Ko`rilgan: 530

Toshkent davlat yuridik universitetida faoliyat yuritayotgan Harakatlar strategiyasi xonasida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda “Adolat” nashriyoti davlat korxonasi hamkorligida nashrga tayyorlangan “2017-yil – shiddatli islohotlar yili” kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi.

O'zbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan ushbu kitobda Harakatlar strategiyasining birinchi bosqchi - “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilili” Davlat dasturida belgilangan islohotlarni yoritilgan. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan 2017-yil davomida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilgan islohotlarning tahliliga chuqur va atroflicha to'xtalib o'tilgan bo'lib, undagi ma'lumotlar qisqacha axborot shaklida, infografikalar ko'rinishida keltirilgan.

Tadbir davomida, shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda “Adolat” nashriyoti o'rtasida Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining amalga oshirilishi natijalari bo'yicha tahliliy materiallarni doimiy ravishda nashr etib borish bo'yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.