X.ZAYDEL NOMIDAGI JAMG'ARMA VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI
06.03.2018 | Ko`rilgan: 380

Bugun “Taraqqiyot strategiyasi” markazida X.Zaydel nomidagi jamg'armaning Markaziy Osiyodagi hududiy byurosi rahbari M.Mayer bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv ikki tashkilot o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish hamda umumiy faoliyat yo'nalishlarini belgilash maqsadida tashkil etildi. Unda mehmonlarga “Taraqqiyot strategiyasi” markazining faoliyat yo'nalishlari, ularni amalga oshirish mexanizmlari haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, Harakatlar strategiyasining birinchi bosqichida erishilgan natijalar va qabul qilingan muhim qarorlar bilan tanishtirildi.

Delegatsiya a'zolari O'zbekistonda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlardan hayratda ekanliklarini, jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezident Sh.Mirziyoev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasi mamlakat rivojida katta qadam bo'layotganligini bildirdilar.

Shuningdek, mehmonlar “Taraqqiyot strategiyasi” markazining faoliyat mexanizmlarini to'liq qo'llab-quvvatlab, davlat va jamiyat o'rtasidagi muhim institut ekanligini bildirdilar.
Muzokaralar yakunida tomonlar kelgusida Harakatlar strategiyasi doirasida qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko'rib chiqishga kelishib oldilar.