GERMANIYANING «SIMENS» KOMPANIYASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI
16.03.2018 | Ko`rilgan: 610

«Taraqqiyot strategiyasi» markazida Germaniyaning «Simens» kompaniyasi dastur rahbari Xuan Tito boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Muzokaralar davomida xalqaro kompaniya vakillariga 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, “Simens” vakillari kompaniya faoliyatining asosiy yo'nalishlari va elektroenergiya sohasida kelgusidagi rejalar hamda maqsadlar haqida taqdimot o'tkazdilar. Jumladan, bugungi kunda O'zbekistonda barcha sohalarda ro'y berayotgan rivojlanishlar va o'zgarishlarni inobatga olgan holda, “Simens” kompaniyasi hamkorlikdagi ko'shma loyihalarni ishlab chiqishga tayyorligini bildilar.