O'ZBEKISTON MADANIY MEROSI DUNYO TO'PLAMLARIDA
17.03.2018 | Ko`rilgan: 618

Tadbir keng jamoatchilik o'rtasida jahon muzey, kutubxona va ilmiy muassasalarida saqlanayotgan o'zbek xalqining bebaho ma'anaviy boyligi taqdimotini tashkil qilish. bilan yaqindan tanishtirish, chet ellardagi O'zbekistonga oid madaniy boyliklar haqida to'liq ma'lumotlar bazasi — reestrini yaratish va uni muntazam yangilab borish, mamlakatning sayyohlik salohiyatini yanada oshirish maqsadida o'tkazildi.

Media-forum O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan ob'ektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal ta'mirlash direksiyasi, “Zamon press info” MChJ, “Uzbekistan Today” AA MChJ, “Darakchi inform servis” MChJ tomonidan tashkil etildi. 

Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi A.Burxanov so'zga chiqib, 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizda madaniyat va san'at sohasini rivojlantirish, xususan boy madaniy merosimizni asrash va xalqaro miqyosda keng targ'ib qilish maqsadida 2017-yilda amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

Shuningdek, joriy yilda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida doirasida O'zbekiston xalqining umummilliy qadriyati bo'lmish madaniy va arxeologiya merosi ob'ektlarini asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish hamda infratuzilmani rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo'yicha belgilangan qator tadbirlarning bajarilishi bo'yicha axborot berdi. Media-forum davomida “O'zbekiston madaniy merosi dunyo to'plamlarida” xalqaro multimedia loyihasining 2018-yildagi rejalari, chop etilishi ko'zda tutilgan yangi to'plamlar taqdimoti o'tkazildi.