]
XXR Elchisi bilan uchrashuv
03.06.2017 | Ko`rilgan: 181

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida XXRning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sun Litsze bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida hamkorlikning istiqbollari haqida fikr almashish bo’ldi.
Uchrashuv davomida, Elchi qabul qilingan “Harakatlar Strategiyasi” O’zbekiston uchun katta qadam bo’lganini, buning natijasida ushbu ikki davlat o’rtasidagi aloqalarda ham yangi yo’nalishlarni belgilab berishini takidladi.
Janob Sun Litsze Xitoy tarafi Harakatlar Strategiyasi doirasida olib borilyotgan islohat va tadbirlarni qo’llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Shuningdek, u, O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga qilgan safari haqida aytib o’tib, yakunda qiymati 23 mlrd dollardan ortiq bo’lgan davlatlar, hukumatlararo 100 dan ortiq hujjat imzolanganini alohida ta’kidlab o’tdi.
Uchrashuv yakuniga ko'ra markaz xodimlari Xitoy tahlil markazlari bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdilar.