"HUMAN RIGHTS WATCH"NING O'ZBEKISTONDA OAV FAOLIYATI ERKINLIGIGA BAG'ISHLANGAN HISOBOTI MUHOKAMA QILINDI
28.03.2018 | Ko`rilgan: 477

28-mart kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Human rights watch xalqaro nohukumat tashkilotining Markaziy Osiyo ofisi direktori Stiv Sverdlov va inson huquqlari bo'yicha hududiy ofis konsultanti Viktoriya Kim bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida Human rights watch tashkilotining O'zbekistonda OAV faoliyati erkinligiga bag'ishlangan hisoboti hamda 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Stiv Sverdlov O'zbekistonda so'nggi vaqtlarda inson huquqlarini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, Toshkent shahridagi 1-sonli hibsxona (Toshturma)ning tugatilishini alohida e'tirof etdi.

O'z navbatida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Akmal Burxanov O'zbekiston hukumati doimo xalqaro tashkilotlarning taklif va tavsiyalar uchun ochiqligini ta'kidlab, Human rights watch tashkiloti fikr va takliyalarni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va boshqa inson huquqlari bo'yicha milliy institutlarga yo'llashlari mumkinligini bildirdi.