O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI INNOVATSION RIVOJLANISH VAZIRLIGI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
31.03.2018 | Ko`rilgan: 372

Memorandumga ko'ra, Markaz va Vazirlik hamkorlikda davlat organlari, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy vakillari hamda oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun innovatsion g'oyalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan tanlov o'tkazishi rejalashtirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bazasida mahalliy va xorijiy etakchi ekspertlar ishtirokida innovatsion rivojlanish sohasida davlat organlarining rahbar kadrlari uchun maxsus treninglar tashkil etadi.

Shuningdek, hamkoro doirasida joriy yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan «Huawei Technologies Co. Ltd.» kompaniyasi bilan hamkorligida Innovatsion rivojlanish forumi o'tkaziladi. Tadbir istiqbolli innovatsion loyihalar, ratsionalizatorlik taklif va ishlanmalarni aniqlash va qo'llab-quvvatlashga xizmat qilishi belgilangan.

Memorandum doirasida, shuningdek, tomonlar doimiy tarzda Respublika va xalqaro darajadagi anjuman, seminar, “davra suhbatlari” va boshqa tadbirlarni o'tkazishga kelishib olindi.