]
Ilk
06.06.2017 | Ko`rilgan: 185

Joriy yilning 6-iyun kuni Toshkent Davlat iqtisodiyot hamda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetlarida ilk Harakatlar strategiyasi xonalarining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Harakatlar strategiyasi xonalarini ochilishidan asosiy maqsad, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida yoshlarning o‘rnini oshirish hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga faol jalb qilishdan iborat. Harakatlar strategiyasi axborot xonalarida faoliyat olib boruvchi volonterlar Harakatlar stratagiyasi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar haqida ma'lumot tarqatish, turli mavzularda so‘rovnomalar o‘tkazish orqali jamoatchilik fikrini o‘rganish, seminar va treninglar tashkil qilish, yoshlarni turli dasturlardagi ishtirokini kengaytirish va shu kabi boshqa ko‘plab vazifalar bilan shug‘ullanishlari ko‘zda tutilgan.