“TARAQQIYOT STRATEGIYASI” MARKAZIGA BUYUK BRITANIYA PARLAMENTI LORDLAR PALATASI A’ZOSI, BARONESSA ALISON SATTI TASHRIF BUYURDI
06.04.2018 | Ko`rilgan: 100

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a’zosi va Evrosiyo Global TB Caucus guruhi o’rinbosari, baronessa Alison Satti boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Delegatsiya a'zolariga 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ijtimoiy sohani rivojlantirish yo’nalishi bo’yicha sog’liqni saqlash tizimida olib borilayotgan tizimli ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, mehmonlarni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ko’ra mazkur yo'nalishda rejalashtirilgan tadbirlarning bajarilishi bilan tanishtirildi.

Jumladan, joriy yilning fevral oyida “Taraqqiyot strategiyasi” markazida qator vazirlik va idoralar vakillari hamda USAID tashkilotining mas’ul mutaxassislari ishtirokida tuberkulyozga qarshi kurashish bo’yicha boshlangan hamkorlik haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a’zosi, baronessa Alison Satti Prezident Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan O’zbekistonda qabul qilingan Harakatlar strategiyasi mamlakat rivojida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.