“JAHONDA BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISH KONSEPSIYASINI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMI VA DASTAKLARI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
24.04.2018 | Ko`rilgan: 343

2018-yil 24-aprel kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamkorligida O‘zbekiston Milliy universitetidagi “Harakatlar strategiyasi” xonasida “Jahonda barqaror iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini amalga oshirish mexanizmi va dastaklari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyada “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori Akmal Burxanov ishtirok etib, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida ilg‘or g‘oya, “nou-xau”lar yaratish va “aqlli” texnologiyalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mamlakat iqtisodiyotining yangi modeliga bosqichma-bosqich o‘tish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada hozirgi kunda Milliy dastur loyihasi ishlab chiqilayotganligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shuningdek, tadbirda “yashil iqtisodiyot”ni shaklllantirishda xorij tajribasi, uni O‘zbekistonda qo‘llash tendensiyalari va istiqbollari, mamlakatni barqaror rivojlanishini ta’minlovchi omillarni aniqlash va baholash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy universiteti, Toshkent moliya instituti professor-o‘qituvchilarining ma’ruzalari tinglandi hamda mazkur yo‘nalishlar sho’balar majlislarida keng muhokama qilindi.