]
Yevropa ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashuv
09.06.2017 | Ko`rilgan: 215

Bugun “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari janob Eduard Stiprays va Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Ovidui Mik bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Markazning ijrochi direktori mehmonlarni tashkilot faoliyati bilan tanishtirish barobarida xalqaro hamkorlik sohasida markaz oldida turgan asosiy vazifalar to'g'risida ham atroflicha ma'lumot berib o'tdi. O'z navbatida janob Eduard Stiprays jamiyatni kelgusida rivojlantirishning aniq yo'nalishlari belgilab berilgan Harakatlar strategiyasiga ham ijobiy baho berdi. Shuningdek, amalga oshirilajak loyihalarning yuqori aniqlikdagi dasturga birlashtirilishi Yevropa tomonida ham katta qiziqish uyg'otayotgani bildirib o'tildi. 

Qabul qilingan Harakatlar strategiyasi doirasi belgilangan chora tadbirlar haqida gapirar ekan, “Bizning harakatlarimiz uchun muayyan dasturulamal paydo bo'ldi. Sizning tomoningizdan jadallik bilan qabul qilinayotgan qarorlar bizni shoshirib qo'ymoqda” – deya ta'kidlab o'tdi elchi janoblari.

Shuningdek, muhokamalar jarayoniga xorijlik yetakchi ekspertlarning jalb qilinayotgani hamda ularning takliflarinig inobatga olinishi ham ahamiyatga molik omillardan biri deya qayd etildi. 

Uchrashuvda mintaqaning, xususan Ozbekistonning YI bilan hozirgi hamda istiqboldagi hamkorligi ham muhokama qilindi.