“TARAQQIYOT STRATEGIYASI” MARKAZIDA «M&C SAATCHI» KOMPANIYASI VAKILLARI ISHTIROKIDA SEMINAR BO’LIB O’TDI
16.05.2018 | Ko`rilgan: 131

2018-yilning 16-may kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida «M&C Saatchi» kompaniyasi boshqaruvi a’zosi Anil Bedi va xalqaro biznes bo‘yicha direktori Sabrina Xeyneki ishtirokida maxsus seminar tashkil etildi. Unda manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari, xususiy sektor vakillarining ishtirok etib, biznesda brendingning o’rni, davlat imedjini oshirishda yagona brend ostida kampaniyalar olib borish samaradorligi kabi masalalar haqida so’z yuritildi.

Shuningdek, kompaniya vakillari mamlakatda turizm sohasini rivojlantirish, investitsiya oqimi hamda mamlakat imedjini oshirishda erishilgan tajribalar, jumladan xususiy sektor vakillari uchun biznes yuritishda brendingning muhimligi, fikrlarni sodda ko‘rinishda yetkazish, ko‘pchilik ichida yaqqol ajralib turish yo‘llari kabi qator mavzularga to‘xtalib o‘tiladi.

Ma’lumot uchun, «M&C Saatchi» kompaniyasi davlatlarning xalqaro miqyosda ijobiy imedjini oshirish, ular uchun maxsus milliy brendinglar ishlab chiqish va uni xalqaro hamjamiyatda muvaffaqiyatli targ‘ib qilish kabi xizmatlari bilan mashhur hisoblanadi.

O‘tgan vaqt davomida kompaniya Buyuk Britaniyaning milliy brendingiga aylangan “Britain is Great” loyihasini amalga oshirgan. Shuningdek, Gruziya, Dubay va Abu-dabida xorijiy investorlarni faol jalb qilishga yo‘naltirilgan kampaniyalar, Malayziya, Turkiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi davlatlarda esa turistik marketingni yanada rivojlantirishga qaratilgan loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan.