“GLOBAL STRATEGIYA” MILLIY “AQL MARKAZI” VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
29.05.2018 | Ko`rilgan: 303

«Bir makon, bir yo‘l» tashabbusini hamda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini hamkorlikda amalga oshirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasi ijtimoiy fanlar Akademiyasi qoshidagi “Global strategiya” Milliy “aql markazi” direktori o‘rinbosari janob Van Linguy boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. 

Shu munosabat bilan, 2018-yilning 29-may kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Xitoy delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Muzokaralar davomida qatnashchilarga Harakatlar strategiyasini amalga oshirishning birinchi bosqichi natijalari hamda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash” yili Davlat dasturi doirasida belgilangan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘z navbatida, “Global strategiya” Milliy “aql markazi” vakillari tashkilotning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, bugungi kunda amalga oshiriyotgan loyihalari taqdimotini o‘tkazdilar.