BARKAROR RIVOJLANISH MAKSADLARIGA ERISHISH BO‘YICHA MULOQOT. «O‘ZBEKISTONDA HUQUQ IJODKORLIGINING TRANSFORMATSIYASI: BARQAROR RIVOJLANISHGA YANGI YONDASHUV»
20.06.2018 | Ko`rilgan: 145

2018 yil 20 iyun kuni «O‘zbekistonda huquq ijodkorligining transformatsiyasi: barqaror rivojlanishga yangi yondashuv» Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha muloqotning ikkinchi majlisi Toshkentdagi "Inxa" universitetida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistondagi huquq ijodkorligi va qonunchilikning yangi modelini hamda mexanizmlarini shakllantirish yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashishdir. 
Suhbatning Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishish borasidagi faoliyati doirasida Bosh prokuratura, adliya, iqtisodiyot va moliya vazirliklari xodimlari, diplomatik korpus mas’ullari, ilmiy doiralar hamda fuqarolik jamiyati vakillari, shuningdek, O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning ekspertlari ishtirok etdilar.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining beshta ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha Strategiya doirasida islohotlarni amalga oshirish har yili qabul qilingan me’oriy-huquqiy hujjatlar sonining sezilarli darajada usishiga olib keldi. Ularni tayyorlash mexanizmlari esa yaqin vaqtgacha o‘zgarishsiz qoldi. Shu bilan birga hququ ijodkorligi jarayoniga korrupsiyaga qarshi qonunloyihalari ekspertizasi hamda qaror qabul qilishning tartibga solish ta’siri kabi yangi samarali vositalarni jalb qilish natijasida qonun hujjatlarning sifatini oshirish va fuqarolarni qaror qabul qilish jarayoniga faol jalb qilishni ta’minladi. Lekin ushbu yangiliklar tartibga solish ta’sirining sifatini va samaradorligini tubdan yaxshilash uchun yetarli emasdir.
Muhokama chog‘ida qonun ijodkorligi va meyoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, to‘la-to‘kis «Aqllik tartibga solish» tizimini ishlab chiqish va amalga oshirishni talab qiladi. «Aqllik tartibga solish» yangi qabul qilinayotga hujjatlarni qabul qilish yoki o‘zgartirishning ilmiy asoslangan xulosalarga tayanishi, tartibga solishning dastlabki va haqiqiy bahosini hisoblash, shuningdek, qonun ijodkorligi tashabbuslarini muhokama jarayyonida jamiyatning faol ishtirokini ta’minlash uchun samarali mexanizmlarni joriy qilishni talab qiladi.

Biroq, "Aqllik tartibga solish" – sifatli qonunchilikni kafolatlash emas, balki faqat unga erishishning vositasidir. Bundan tashqari, tartibga solish sub’ektlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, fuqarolik jamiyati institutlari va oddiy fuqarolarning fikrlarini hisobga olishning o‘zaro muvozanatini ta’minlash zarur. Ta’kidlash joizki, ushbu natijalarga faqat onlayn muhokamalar va forumlarni tashkil qilish orqali erishib bo‘lmaydi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonda normativ-huquqiy aktlarning asosiy muallifi sifatida vazirlik va idoralar namoyon bo‘ladi. 
Keng idoraviy qonun ijodkorlik vakolati yosh mustaqil respublikaning huquqiy poydevorini shakllantirish, uning samaradorligini baholash, yangi davlat va bozor institutlari yaratish iloji boricha tezroq yaraish va isloh qilish, zarur bo‘lganda esa tezkor moslashtirish bosqichlarida muhim o‘rin tutgan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda huquq ijodkorligi tizimining ustivor yo‘nalishi qabul qilingan qonun hujjatlarning yuqori sifatini va barqarorligini ta’minlash hisoblanadi.
Bunda asosiy etibor mavjud vaziyatni batafsil tahlil qilish, huquqiy hujjatlar qabul qilishning asoslanganligi, hujjatning mantiqiy butunligini ta’minlanganligi, har bir moddaning ishlab chiqilishida barcha manfaatdor tomonlar fikrlarini o‘rganishga qaratilishi vositasida normativ-huquqiy hujjatlar smaradorligi va barqarorligini ta’minlashga qaratish lozim.

Idoraviy huquq ijodkorligini cheklash va qonunchilikning samaradorligini tubdan o‘zgartirish jarayonida tug‘ridan-tug‘ri amal kiladigan qonunlar sifatini oshirish va normativ-huquqiy hujjatlarning sonini bosqichma-bosqich kamaytirish muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Unda Parlamentning odil sudlov, nazorat va huquni qo‘llash organlari bilan hamkorlikni hamda fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro samarador aloqa mexanizmlarini joriy qilish zarur. 
Olib borilayotgan islohotlar natijasida Oliy Majlisning qonun ijodkorligi faoliyati yiliga 30-40 qonundan 300 va undan ortiq ko‘payishi kutilmoqda. Bu idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish zaruriyatini keskin kamiyishiga olib kelishi bashorat qilinmoqda. Shubhasiz, buning uchun Oliy Majlisning salohiyati sezilarli darajada oshishi kerak. 

Quyidagilar salohiyatni oshirish bo‘yicha ko‘rib chiqilgan variantlardir:
• Parlament tarkibidagi deputatlar uchun ekspert, tahliliy va tashkiliy yordam ko‘rsatish xizmatlarini rivojlantirish;
• Milliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish;
• Siyosiy partiyalarning qonun ijodkorlik faoliyatini partiya a’zolari ekspertlar va tahlilchilar jalb kilish va boshqalar.

Maxalliy va xorijiy ekspertlar xamda diplomatik korpus vakillari tomonidan bildirilgan bu va boshqa tavsiyalar, xorijiy davlatlarning qonunchilk islohotlariga taaluqli tajribasi mamlakatda qonun ijodkorligi takomillashtirish va O‘bekistonda konun va norma ijodkorligi konsepsiyasini ishlab chiqishda hisobga olinadi.