]
World Bank Group vakillari Taraqqiyot strategiyasi Markazida
16.06.2017 | Ko`rilgan: 207

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida Jahon bankining Iqtisodiy masalalar bo`yicha maslahatchisi Teodor Axler hamda Xalqaro makroiqtisodiyot va moliyaviy boshqaruv departamentining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi  bo`limi katta iqtisodchisi, Jahon bankining O`zbekistondagi doimiy vakili Eskender Trushin bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. 
Uchrashuvdan ko`zlangan asosiy maqsad - “Taraqqiyot strategiyasi” markazining faoliyati bilan atroflicha tanishish va 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o`zaro hamkorlikning istiqbollarini muhokama qilish bo`ldi.
Janob Axler markaz vakillariga o`z minnatdorchiligini bildirish bilan bir qatorda, mamlakatda kechayotgan ijobiy o`zgarishlarning guvohi bo`lganidan juda mamnun ekanini ta`kidladi. “Men shuningdek, jamoatchilik bilan juda yaqin aloqalarni o`rnatgan mana shunday zamonaviy markazda bo`lib turganimdan benihoya hursandman”, dedi mehmon.