TOSHKENT SHAHRIDA MEHNAT MUNOSABATLARI MAVZUSIDAGI TRENING BO'LIB O'TDI
16.08.2018 | Ko`rilgan: 152
 
15-avgust kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida “Mehnat huquqlari himoyasini xolis yoritish va axborotni o‘z vaqtida taqdim etish mexanizmlari” mavzusida jurnalistlar uchun trening tashkil etildi. Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyati OAV vakillari ishtirokida o‘tkazilgan trening “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Xalqaro mehnat tashkiloti hamkorligidagi loyihaning yakuniy bosqichi bo‘ldi.
Trening mehnat huquqlari, mehnat munosabatlari hamda majburiy va bolalar mehnati masalalari haqida batafsil ma’lumot berish, O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi. Shuningdek, trening davomida ish faoliyatida ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish, mutasaddi vazirlik va idoralar matbuot xizmatlari hamkorlik o‘rnatishning muhimligi haqida ham fikr yuritildi. 
Ma’lumot uchun, “Mehnat huquqlari himoyasini xolis yoritish va axborotni o‘z vaqtida taqdim etish mexanizmlari” mavzusida trening 6-15-avgust kunlari davomida Urganch, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida respublikamizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar uchun treninglar tashkil etildi.