]
Qonun loyihalarining muhokamasi
16.06.2017 | Ko`rilgan: 160

2017-yilning 16-iyun kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi va “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlar loyihalari muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur qonun hujjatlarini ishlab chiqish 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilab qo‘yilgan.

Anjuman ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Kamolot” YoIH, “Mahalla” jamg‘armasi, O‘zEOAVMA, O‘zbekiston NNTlari Milliy assotsiatsiyasi va yana boshqa fuqarolik jamiyati institutlari, OAV vakillari ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan taqdim etilayotgan qonun loyihasining har bir bandi bo‘yicha batafsil ma'lumot va sharh berib o‘tildi. Qonun loyihasi bo‘yicha OAV va muhokama ishtirokchilari tomonidan, o‘z navbatida, aniq takliflar bildirildi.