]
“O‘zpaxtaeksport” xolding kompaniyasida Harakatlar strategiyasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
20.06.2017 | Ko`rilgan: 174

Joriy yilning 19-iyun kuni “O‘zpaxtaeksport” aksiyadorlik jamiyatida xolding kompaniyasi xodimlari uchun “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining dolzarb jihatlari, mamlakatimiz va jamiyatning barqaror rivojlanish yo‘lida uning mazmun-mohiyati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida “Taraqqiyot strategiyasi” Markazining loyiha rahbari Ravshan Abdukarimov seminar ishtirokchilariga2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yilida Davlat dasturi ijrosi haqida batafsil ma'lumot berdi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.