]
YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori ofisi vakillari bilan uchrashuv
23.06.2017 | Ko`rilgan: 146

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi yetakchi xalqaro tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahliliy muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida ikki tomonlama uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib kelmoqda.  
Navbatdagi uchrashuv 22-iyun kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida O‘zbekistondagi yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi vakillari bilan bo‘lib o‘tdi.  Uchrashuvda missiya rahbari janob MakGregor, Iqtisodiy va ekologik o‘lchovlar loyihalarining katta koordinatori Xans-Ulrix Im, loyihaning milliy koordinatorlari Ildar Fayzullin va Otabek Rashidov ishtirok etdilar.
Shuningdek, uchrashuvda shu kunlarda O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Inson huquqlari va demokratik institutlar byurosining “Qonun ustuvorligi” boshqarmasi boshlig‘i Genadi Barba ham qatnashdi.
Suhbat davomida tomonlar Harakatlar strategiyasi doirasida qator masalalar yuzasidan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha fikr almashdilar.