]
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Mintaqaviy muloqot” Xalqaro nodavlat tashkiloti o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
30.06.2017 | Ko`rilgan: 221

Joriy yilning 30-iyunida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda “Mintaqaviy muloqot” Xalqaro nodavlat tashkiloti o`rtasida o`zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. “Taraqqiyot strategiyasi” markazida bo`lib o`tgan tadbirning tantanali qismida markazning ijrochi direktori Akmal Burxanov hamda RD direktori Myusha Sever xonim ishtirok etdilar. 

Mazkur hujjat asosida tashkilotlar kelgusida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatar strategiyasini amalga oshirish yo`lida yaqin hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Shuningdek, ushbu memorandum doirasida dunyoning ilg`or institutlari va bilim yurtlaridan yetakchi ekspertlarni jalb qilish to`g`risida maxsus dastur ishlab chiqish rejalashtirildi. 

Eslatib o`tamiz, 2017-yilning 2-iyunida “Taraqqiyot strategiyasi” markazida  “Mintaqaviy muloqot” Xalqaro nodavlat tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tgan va mazkur uchrashuv davomida yaqin hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish taklifi qo'llab-quvvatlangan edi.