]
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o`qituvchilari ishtirokida taqdimot o`tkazildi
30.06.2017 | Ko`rilgan: 396

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazining faoliyatiga bag'ishlangan uchrashuv bo`lib o`tdi. Tadbirda ta`lim muassasasining 50dan ortiq o`qituvchilari va ma`muriyat xodimlari ishtirok etdilar. 

Taqdimot davomida aholi, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro hamjamiyatni Harakatlar strategiyasining hayotga tadbig`i haqida keng xabardor qilish maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan ishlab chiqilgan videorolik ham taqdim qilindi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari har bir yo`nalishning ma`no-mazmuni haqida ma`lumot berish bilan bir qatorda, 2017-yilgi Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar to`g`risida qatnashchilarni xabardor qilib,ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytardilar.