]
«Notarial idoralar xalqga xizmat qilishi kerak» ijtimoiy so’rovi xulosalari
07.07.2017 | Ko`rilgan: 156

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida notarial idoralar faoliyatini avtomatlashtirish, barcha notarial bitimlar hisobini markazlashgan holda yuritish va idoralararo elektron hamkorlikni hisobga olgan holda, aholi va tadbirkorlarga notariat sohasida interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq vazifalarni hayotiyligini ta'minlash, sohadagi muammolarni chuqur tahlil qilish hamda aholi, tadbirkorlik sub'ektlari, keng jamoatchilikning notariat sohasidagi fikr-mulohazalarini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan jamoatchilik fikri so‘rovi natijalari quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon berdi:

   1.      So‘rovni o‘tkazish paytida fuqarolarning ko‘pchiligi (32.1%) so‘rov o‘tkazilgan vaqtga nisbatan notarial idoralar xizmatidan oxirgi bir oy ichida foydalanganlar.

2.      So‘rovning ko‘rsatishicha, 64.9% respondentlar notarial idoralar xizmatidan foydalanganda noqonuniy xatti-harakatlarga guvoh bo‘lganlar.

3.      So‘rov davomida respondentlarning 678 nafari notarial idoralar xodimlari preyskurantda belgilanganidan ko‘proq haq talab qilganliklarini bildirganlar.

4.      Respondentlarning ko‘pchiligi, ya'ni 788 nafari notarial tasdiqlash uchun bir necha soat yoki kunlab vaqt kutish muammosi mavjudligini bildirganlar.

5.      Jamoatchilik fikri so‘rovi natijasida notariat tizimidagi muammolarni hal qilish uchun so‘rov ishtirokchilarining 771 nafari talab qilinadigan hujjatlarni optimallashtirish, yagona ma'lumotlar bazasini shakllantirish orqali mavjud muammolarni xal etish kerak deb hisoblaydilar.

 6.      Shuningdek, respondentlarning 691 nafari notariat xizmatlar uchun to‘lov tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish va uni shaffoflashtirish, 588 nafari esa notariat sohasini tubdan isloh qilish, xususiy notariuslar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali notariuslar sonini ko‘paytirish kerak deb hisoblaydilar.