]
47-oilaviy poliklinikada elektron navbat tizimi joriy etildi
11.07.2017 | Ko`rilgan: 187

O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi doirasida ishlab chiqilgan Davlat dasturida davlat boshqaruv organlariga bo`lgan ishonchni yanada oshirish maqsadida davlat xizmatlari ko`rsatiladigan punktlarda elektron navbat tizimini joriy etish belgilab qo`yilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o`zining Shayhontoxur tumaniga tashrifi davomida aholiga malakali tibbiy-sanitar xizmat ko`rsatadigan, barcha zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlangan namuna tarzidagi oilaviy poliklinika tashkil qlish borasida o`z takliflarini berib o`tgandi.
SSV axborot xizmatining xabar berishicha bugungi kunda Toshkent shahrining Shayhontoxur tumanidagi 47-oilaviy poliklinikada yangi elektron navbat tizimining tashkil etilishi bilan birga mutaxassislar ishining samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan har bir bemorning elektron ambulator kartasi ham joriy etilmoqda.

Qisqa vaqt ichida poliklinikalar faoliyati diqqat bilan o`rganib chiqildi va tubdan isloh qilindi. Ushbu jarayonda asosiy e`tibor aholiga tibbiy xizmat ko`rsatishning samaradorligi va sifatini oshirish, vrach qabulidagi navbatni kamaytirish, kasalliklar to`g`risida ertaroq ogohlantirish, favqulodda holatlarda tez tibbiy xizmat samaradorligini kuchaytirishga qaratildi.
Agar bemor re`jali tibbiy ko`rikdan o`tmoqchi bo`lsa, shifokor qabuliga oldindan yozilib qo`yishi mumkin bo`ladi. Bu holat ikki xil ko`rinishda bo`lishi mumkin: telefon orqali yoki uydan chiqmagan holda elektron ko`rinishda. Mabodo bemor qabulga yozilmasdan keladigan bo`lsa, elektron navbatga poliklinikaning o`zida ham yozilishi mumkin.
Ushbu poliklikaning faoliyati –qolgan barcha shifo maskanlari uchun namuna vazifasini o`taydi. Aholining ishonchini qozonish yo`lidagi bu kabi chora-tadbirlar o`z natijasini bermoqda. Har bir yangilikni fuqarolar mamnunyat bilan kutib olmoqdalar. Yaqin keljakda bu kabi amaliyotni barcha poliklinkalarda joriy etish rejalashtirilmoqda.