]
IIV Madaniyat saroyida harakatlar strategiyaga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi
24.07.2017 | Ko`rilgan: 518

Joriy yilning 24-iyul kuni Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida ichki ishlar xodimlarining huquqiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida “Harakatlar strategiyasi: taraqqiyotning yangi bosqichi” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
Tadbir davomida “Taraqqiyot strategiyasi” markazining loyiha rahbari Ravshan Abdukarimov tomonidan shu yilning 7-fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” haqida taqdimot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning aniq mexanizmlari belgilab berilgan Harakatlar strategiya to‘g‘risida turli fikrlar bildirib, ushbu hujjat nafaqat xalqimiz, balki dunyo jamoatchiligi e'tiborini o‘ziga jalb etganligi alohida ta'kidlandi. 
Tadbirda 300dan ortiq ichki ishlar xodimlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Mirzayev Alisher Shoimovich ishtirok etdi.