]
IIV xodimlari uchun Harakatlar strategiyasi taqdimoti
26.07.2017 | Ko`rilgan: 246

2017-yilning 26-iyul kuni "Taraqqiyot strategiyasi" markazi vakillari O‘zbekiston Respublikasi IIV PPX va JTSBB Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qo‘riqlashni ta'minlash bo‘yicha alohida batalyon xodimlari uchun Harakatlar strategiyasi taqdimotini o‘tkazdilar. Tadbirda batalyon komandiri Ulug‘bek Atajanov va 150 nafardan ziyod xodimlar ishtirok etdilar. 
Taqdimot davomida Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirish nazarda tutilgan chora-tadbirlar, hujjatning qabul qilinish jarayoni va asosiy maqsadi kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, tadbir davomida Harakatlar strategiyasi va "Taraqqiyot strategiyasi" markazi faoliyatiga bag‘ishlangan videofilm ham qatnashchilar e'tiboriga havola etildi.