]
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi va O‘zLiDeP o‘rtasida memorandum imzolandi
02.08.2017 | Ko`rilgan: 238

Bugun Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati  O‘zbekiston Liberal – demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bilan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Bitimi imzolandi.

Ushbu bitim O‘zLiDeP va Markazning dasturiy maqsadlaridagi o‘zaro mushtarak vazifalariga, xususan,  2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston ekologik harakati vakillari bilan 2017-yil 12-iyulda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishidagi "Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak" nomli ma'ruzasida belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish yo‘lidagi samarali hamkorlikka asos bo‘lib xizmat qiladi.

Bitimda belgilab qo‘yilganidek, O‘zLiDeP, Markaz, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi, vazirlik, idora va tashkilotlar, tijorat banklari hamda mahalliy hokimliklar hamkorligida partiya elektorati bo‘lmish tadbirkor va fermerlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, xo‘jalik boshqaruvi sohasidagi bilim va tajribalarini muntazam oshirib borish yuzasidan doimiy seminar-trening, ochiq muloqotlar, ko‘rgazma va forumlar hamda boshqa tadbirlar muntazam ravishda tashkil etiladi va ommaviy axborot vositalari keng yoritiladi.

www.uzlidep.uz