]
Markazda qonun loyihasi muhokama qilindi
07.08.2017 | Ko`rilgan: 303

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi "Taraqqiyot strategiyasi" markazida jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilindi. Unda markaz ekspertlari, senatorlar, deputatlar, huquqshunos olimlar,  mutaxassislar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ushbu vakil faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, fuqarorlarning qonuniy manfaatlari, konstitutsiyaviy  huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimidagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirishga qaratilgan. Ushbu qonun loyihasi 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, amaldagi qonunning bir qator  moddasida tegishli qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilgan.