]
O‘zbekiston Respublikasi Parlament modeliga start berildi
11.08.2017 | Ko`rilgan: 763

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan yoshlarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosiga erkin kirib chiqishlari uchun kerakli muhit va shart-sharoitlar yaratish zarurligi, qonun muhokamalari va qabul kilish jarayonlarida bevosita ishtirok etishlari lozimligi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi ma'ruzasi alohida ta'kidlangan edi.

Shu munosabat bilan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Yoshlar sektori barcha talabalarni yangi loyiha - “O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti Modeli”ga taklif qiladi. "O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti Modeli" - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qonun loyihalarini qabul qilish va muhokama jarayonlarining simulyasiyasi hisoblanadi. Parlament Modeli ishtirokchilar – yosh deputatlar uchun qizg‘in debatlar va intellektual muhokamalarda faol qatnashish imkoniyatini taqdim etadi. Eng asosiysi, talabalar qonun loyihalarining ishlab chiqilishi, muhokamasi va qabul qilinishida bevosita ishtirok etadilar. Ular muzokaralar olib borish va notiqlik san'ati hamda liderlikda o‘z qobiliyatlarini sinab ko‘radilar. Shuningdek, qatnashchilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi ishlash mexanizmida ishtirok etish va 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanishining beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar, xususan “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish” ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Simulyatsiya davomida qabul qilingan qonun loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun taklif sifatida taqdim etiladi. Parlament modelida ishtirok etish istagida bo‘lganlar quyida keltirilgan havola orqali ariza topshirishlari mumkin. Ariza topshirganlar orasidan 150 nafar ishtirokchi saralab olinadi. Arizalar 2017-yil 10-sentabrgacha qabul qilinadi.

http://yp.strategy.uz