]
O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi o’rtasida memorandum imzolandi
21.08.2017 | Ko`rilgan: 524

O’zMTDP va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlanishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi hamda keyingi yillarda qabul qilinadigan Davlat dasturlarini amalga oshirish borasida o’zaro bir-birlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida Memorandum imzoladilar.

Memorandumga asosan, O’zMTDP, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O’zMTDP fraksiyasi, vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyatlari bilan birgalikda milliy merosimiz va qadriyatlarimizni tiklash, ularni yanada boyitish, turizm sohasini rivojlantirish, sohadagi qonunchilikni takomillashtirish, mavjud qonunlarning ijrosini nazorat qilish yuzasidan tizimli tadbirlarni tashkil etadilar.

Shuningdek, tomonlar hujjatda ko’rsatilganidek, mavjud madaniy va tarixiy yodgorliklar, ilmiy-intellektual merosni ko’z qorachig’idek asrab-avaylash, boyitish va ularni yanada ko’paytirishga ko’maklashish, o’zbek xalqining boy tarixi va madaniyatini o’rganish, ushbu boyliklarni kamol topib kelayotgan yosh avlod o’rtasida keng miqyosda doimiy targ’ibot-tushuntirish ishlarini olib boradilar.