]
UNICEF va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi: hamkorlikning yangi bosqichi
22.08.2017 | Ko`rilgan: 246

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlanishining beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Muzokaralar davomida ta’lim standartlarini yaxshilash, xususan, oila va maktabgacha ta’lim muassasalarida huquq tiziminining sifatini yaxshilash hamda yuvenal adliya tamoyillarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o’tamiz, yil boshida UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan onalik va bolalikni muhofaza qilish, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitni yaratish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kabi masalalar bo’yicha “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirib o’tgan.