]
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'n birinchi yalpi majlisi sarhisobi
27.08.2017 | Ko`rilgan: 509

2017-yil 26-avgust kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'n birinchi yalpi majlisi sarhisoblariga bag'ishlangan “Shaffoflik, hisobdorlik, hududlar manfaatlari - Senat faoliyatining asosiy mezonlari” mavzusidagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Oliy Majlis Senatining Axborot xizmati bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir davomida Senat qo‘mitalari raislari, Senat a'zolari, O‘zbekiston Respublikasi adliya, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari, jamoat va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Matbuot anjumani davomida “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash to'g'risida”, “Bolalarni ularning sog'lig'iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish to'g'risida”, “O'zbekiston Respublikasi yoshlar kunini belgilash to'g'risida”, “Qishloq xo'jaligi hodimlari kunini belgilash to'g'risida”“O'zbekiston Respublikasi yoshlar kunini belgilash to'g'risida”, “Qishloq xo'jaligi hodimlari kunini belgilash to'g'risida” gi va boshqa qonunlar muhokama qilindi. Jumladan, o'n birinchi yalpi majlisda senatorlar tomonidan 14 ta masala ko'rib chiqilgani va ular orasidan 10 ta qonun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishga, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini “ Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini izchil bajarishga qaratilganligi ta'kidlab o'tildi.

Tadbir qatnashchilari tomonidan bir qator masalalar, jumladan mamlakatimizda 30 iyun kunini “O'zbekiston Respublikasi yoshlari kuni” deb belgilanadigan “O'zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to'g'risida”gi, O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni etib dekabr oyining ikkinchi yakshanbasini belgilashni nazarda tutuvchi “O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi xodimlari kunini belgilash to'g'risida”gi, “O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi, “Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi, O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish to'g'risida”gi kabi qonunlar haqida ko’plab savollar berildi va qizg’in muhokamalarga sabab bo’ldi.

Shuningdek, Senat tomonidan yalpi majlisda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida, O'zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash to'g'risida, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolarining odobi qoidalariga qo'shimchalar va o'zgartish kiritish to'g'risida, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo'mitasi raisini saylash to'g'risida, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo'mitalari tarkibiga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglament va odob komissiyasi tarkibiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida axborot berildi.

Matbuot anjumani davomida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari va taklif etilgan ekspertlar jurnalistlarning hamda vazirlik va idoralar, jamoatchilik vakillarining boshqa ko'plab savollariga javob berdilar. Eslatib o'tamiz, bunday matbuot anjumanlari “Taraqqiyot strategiyasi” markazida muntazam ravishda o'tkazilib kelinadi.