]
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi talabalar media-konferensiyasini qo‘llab-quvvatlaydi
06.05.2017 | Ko`rilgan: 165

2017-yilning 5-may kuni poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida mamlakatimizda internet-jurnalistika rivojining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan talabalar an'anaviy media-konferensiyasi o‘tkazildi. 

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi, Xalqaro press-klub hamda Milliy kutubxona hamkorligida tashkil etilgan tadbirga o‘qituvchilar, talabalar va ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif etildi. 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishiga, xususan, internetdan foydalanuvchilar sonining keskin oshishi hamda internet-jurnalistika takomillashuvida muhim omil bo‘layotir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yil 7 fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyatini, maqsad va vazifalarini xalqimizga yetkazish va targ‘ib qilishda internet-jurnalistika ham munosib o‘rin egallaydi.