]
Qirg'izistonda Harakatlar strategiyasi taqdimoti bo'lib o'tmoqda
06.09.2017 | Ko`rilgan: 420

2017 yilning 6 sentyabr kuni "Taraqqiyot strategiyasi" markazi ijrochi direktori A.Burxanov Qirg'izistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Bishkek shahrida bo'lib o'tadigan xalqaro forumda ishritok etish, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshrilayotgan islohotlarga bag'ishlangan taqdimot va yana boshqa qator tadbirlar o'tkazilish rejalashtirilgan. Xususan, "Sud-huquq islohotlari: O'zbekiston tajribasi" mavzusida taqdimot o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashrifning birinchi kuni O'zbekiston delegatsiyasi vakillariga Qirg'iziston parlamenti faoliyati yaqindan tanishtirildi hamda parlament spikeri Chinibay Tursunbekov bilan uchrashuv tashkil etildi. Shuningdek, 2017 yilning 6-8 sentyabr kunlari davomida Bishkek shahrida xalqaro forum ishtirokchilari bilan hamkorlik doirasida qo'shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan qator muzokaralar bo'lib o'tadi.