]
Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif to'g'risida
12.09.2017 | Ko`rilgan: 401

Shu kunlarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari O'zbekistonda Harakat strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar taqdimotini o'tkazish, ilmiy-tadqiqoq markazlari va qator xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib turibdilar.

12 sentyabr - tashrifning birinchi kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori A.Burxanov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo JFA instituti Bosh sekretari Van Syaotsyuan bilan uchrashdi. Tadbir davomida institut vakillari O'zbekistonda 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasi qabul qilinganligi va uning doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari bilan tanishtirildi. Shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazining asosiy vazifa va funktsiyalari haqida batafsil ma'lumot berildi.

Muzokaralar natijasida tomonlar o'zaro hamkorlik memorandumini imzolash va yaqin aloqalarini yo'lga qo'yishga, shuningdek, ikki davlat soha ekspertlari ishtirokida muntazam o'quv-seminarlarini tashkil etishga kelishib oldilar.

Tashrif 2017 yilning 15 sentyabr kuniga qadar davom etadi.