]
Poytaxtning ikki oliy ta'lim muassasasida Harakatlar strategiyasi xonasi faoliyatini boshladi
13.09.2017 | Ko`rilgan: 476

2017 yilning 12 sentabr kuni poytaxtimizdagi ikki oliy ta'lim muassasasida - O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat   institutida va O'zbekiston Davlat jahon tillari universitetida Harakatlar strategiyasi xonalari o'z faoliyatini boshladi. Shu munosabat bilan  tashkil etilgan ochilish marosimida "Taraqqiyot strategiyasi" markazi vakillari, ta'lim muassasasi rahbariyati, professor va o'qituvchilar, iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.

Shuningdek, tadbir doirasida Markaz vakillari tomonidan ishtirokchilar o'rtasida jamoatchilik fikri so'rovi o'tkazildi. Unda 2017 yilda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari va keyingi yil Davlat dasturi loyihasiga kiritish uchun takliflar qabul qilinmoqda.