]
Nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida 2018-yil Davlat dasturi loyihasiga takliflar muhokama qilindi
14.09.2017 | Ko`rilgan: 305

Joriy yilning 14 sentabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Ekspertlar kengashi ishtirokida Harakatlar strategiyasini 2018 yilda amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasiga takliflar muhokamasi bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, NNT rahbarlari va faollari, o'quv va ilmiy-tadqiqot markazlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Shuningdek, ishtirokchilar dastur doirasida “Jamoatchilik nazorati to'g'risidagi” O'zbekiston Respublikasi qonun loyihasini muhokama etdilar, hamda an'anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy forumini o'tkazishning tashkiliy masalalari ko'rib chiqdilar.