]
“Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasi jamoasi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi mehmoni
12.05.2017 | Ko`rilgan: 213

2017-yilning 12-may kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazining doimiy ishchi maydonida “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasi Toshkent Bosma fabrikasi vakillari ishtirokida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni yanada kengroq targ‘ib qilish hamda beshta ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi belgilangan islohotlar haqida batafsil ma'lumot berish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbir davomida Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilishi nazarda tutilgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan taqdimot “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori A.Burxanov tomonidan o‘tkazildi. Unda mamlakatimiz taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab bergan Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Seminar so‘ngida mehmonlarga “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va uning faoliyat yo‘nalishlari haqida ma'lumotlar berildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.